Turk aktyori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi

Jahon 09:26 / 14.04.2019 41910

Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit va uning rafiqasi – turk aktrisasi Faxriya Evjyen ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bu haqda 13 aprelda Milliyet nashri ma'lum qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Faxriya Evjyen vazni 3,67 kg, bo‘yi 52 sm keladigan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. 

Chaqaloqqa Karan ismi berilgan. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, O‘zchivit tug‘ruq vaqtida rafiqasini qo‘llab-quvvatlab turgan hamda quvonchdan ko‘z yoshlarini ushlab tura olmagan.

Aktyor Show TV kanali bilan telefon orqali suhbatda tug‘ruq yaxshi o‘tganini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, ona va farzand o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va yaqin orada shifoxonadan chiqariladilar.

O‘zchivit va Evjyenning to‘yi 2017 yil 29 iyunda bo‘lib o‘tgan. Burak va Faxriya "Choliqushi" seriali s'yomkalari vaqtida tanishishgan, ular bu serialda bosh rollarni ijro etishgan.

Ko‘proq yangiliklar: