Agrobank “BankExpo – 2019”da zamonaviy xizmatlar hamda qiziqarli tanlovlarni taqdim etdi

Iqtisodiyot 17:00 / 13.04.2019 14402

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari “BankExpo – 2019” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rgazma doirasida “Agrobank” stendi joylashgan maydon eng gavjum ekanligi uzoqdan ko‘rinib turdi. Buning sababi bor albatta. 

Bank vakillari ko‘rgazma ishtirokchilari uchun taassurotlarga boy turli o‘yinlar hamda tanlovlar o‘tkazdi. Qiziqarli savollarga tezkor javob topgan mijozlar va ishtirokchilar esa g‘olib sifatida taqdirlandi. Bunday quvnoq va sovg‘alarga boy maydoncha esa atrofdagilarning diqqatini tortmasdan qolmadi.

Qayd etish joizki, mazkur ko‘rgazmada boshqa banklar qatori “Agrobank” ham mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida innovatsion texnologiyalar, asbob-uskunalar ya'ni masofadan turib onlayn tarzda amalga oshirishni o‘zida jamlagan qurilma, mobil ilovalari bilan faol ishtirok etdi.

Bir tarafda bank mutaxassislari ko‘rgazmaga kelgan mijozlar, xususan, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga bank xizmatlari bo‘yicha zarur ma'lumot va maslahatlar berdi, boshqa tarafda kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlariga yangi xizmatlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.

Bu jarayonda “Agrobankmobile” ilovasining yangicha turdagi zamonaviy ko‘rinishi hamda undagi yangi imkoniyatlar ko‘pchilikning qiziqishini uyg‘otdi.

Ta'kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida “Agrobankmobile” ilovasi orqali milliy valutani xorijiy valutaga konvertatsiya qilish, ilovadagi maxsus bo‘lim orqali onlayn depozit hisob varag‘i ochib, unga zarur mablag‘ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. 

Shuningdek, yuridik shaxslar va fermer xo‘jaliklari “Agrobank-Mobil-Biznes” ilovasi orqali onlayn tarzda masofadan turib zarur ma'lumotlarni olishlari mumkin. Bunda fermerlarning vaqti va ortiqcha sarf-xarajatlari keskin qisqaradi.

Ayni vaqtda aholi va mijozlarga yanada qulaylik yaratish va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida bank yurtimiz bo‘ylab, keng tarmoq yozmoqda. Xususan, 400 ta bankomat, 420 infokioska va 248 mini-bank aholiga turli xizmatlar ko‘rsatmoqda. Ushbu bankomat, infokioska va mini-banklar orqali mijozlar uchun kreditlarni rasmiylashtirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, valuta ayirboshlash, naqd pul olish, kommunal to‘lovlarni qabul qilish, plastik kartalar bilan amaliyotlar kabi bankning boshqa yangi xizmat turlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Sayt: www.agrobank.uz

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: