Xitoyda Samarqandning savdo va investitsion salohiyati namoyish etildi 

Iqtisodiyot 16:12 / 10.04.2019 6686

Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bilan borgan Samarqand viloyati delegatsiyasi a'zolari Xenan provinsiyasida ish boshlagan XIII savdo va investitsiyalar xalqaro yarmarkasida Samarqandning savdo va investitsion salohiyatini namoyish etishdi. 

Foto: Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur yarmarkada tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi bilan bir qatorda tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati ko‘rgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Bir qator xorijiy tadbirkor va ishbilarmonlar bilan muzokaralar olib borildi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, Xenan provinsiyasining mahalliy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi. Biznes forum davomida samarqandlik tadbirkorlar investitsion loyihalari haqida ma'lumot berib, hamkorlik olib borish masalasida xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishdi hamda qator memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi. 

Foto: Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati

Delegatsiya a'zolarining XXRga tashrifi davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: