FT global iqtisodiyotda «sinxron sekinlashuv» boshlangani haqida ogohlantirdi

Iqtisodiyot 07:58 / 08.04.2019 4357

Jahon iqtisodiyoti «sinxron sekinlashuv» bosqichiga kirdi. Bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jahonda iqtisodiyot sub'yektlarining kayfiyati indikatorlari va bazaviy statistik ko‘rsatkichlari yomonlashmoqda.

Ta'kidlanishicha, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi davlat qarzining yuqori darajasi o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha soliq va budjet usullaridan foydalanishga to‘sqinlik qilyapti.

Biroq, hozirgi vaqtda gap turg‘unlikning boshlanishi haqida ketayotgani yo‘q.

Bundan oldin, Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozni oshirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: