«O‘zkimyosanoat» korxonalari 1,63 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

Iqtisodiyot 13:58 / 06.04.2019 4534

“O‘zkimyosanoat” AJ 2019 yilning yanvar-mart oylarida o‘z korxonalari faoliyati natijalari to‘g‘risida ma'lumot berdi

Qayd etilishicha, 2019 yilning yanvar-mart oylarida “O‘zkimyosanoat” korxonalarida 1636,8 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur'ati 120,6%ni tashkil qildi.

Sof holda 334,96 ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan 252,17 ming tonna azotli, 37,77 ming tonna fosforli va 45,02 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1276,5 ming tonna mineral o‘g‘it chiqarilgan va shundan 681,7 ming tonnasi sotilgan.

Bundan oldin, xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va “O‘zkimyosanoat” ulushlari sotilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: