Rossiyada 19ta teraktning oldi olindi

Jahon 08:25 / 25.03.2019 9754

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning ma'lum qilishicha, 2018 yil davomida Rossiya maxsus xizmatlari mamlakat hududida 19ta teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Patrushevning aytishicha, telefon terrorizmi ancha jiddiy tahdid hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon 2 mingdan ziyod soxta mina qo‘yilganligi haqida xabarlar qayd etilgan, ularning aksariyati xorijdan yuborilgan.

Shuningdek, Patrushev Rossiyaga tahdidlar orasida G‘arbning kosmosdan tinch foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvlarni buzishi va AQShning raketalardan mudofaa tizimini kuchaytirishini tilga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: