AQSh Volkswagen’ni yirik firibgarlikda aybladi

Jahon 11:25 / 15.03.2019 3750

AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi Volkswagen’ni «katta firibgarlik»da aybladi. Bu haqda CNBC xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, avtomobil konserni o‘zining amerikalik sarmoyadorlarini «dizel mojarosi» bilan bog‘liq ravishda bir necha marta aldagan. 2014-2015 yillarda Volkswagen 13 milliard dollardan ziyod miqdordagi qog‘ozlarni chiqardi, shu bilan birga, kompaniya rahbariyati AQShda 500 mingdan ortiq avtomobilning havoga chiqarib tashlanuvchi gazlar bo‘yicha ko‘rsatkichi normadan sezilarli darajada oshganini bilgan.

Aniqlik kiritilishicha, komissiya Volkswagen va uning sobiq bosh direktori Martin Vinterkornga nisbatan sud jarayonini davom ettirish uchun da'vo arizasi bilan chiqqan.

Konsern bu ayblovlarni «qonuniy jihatdan xato», deb atadi.

Bundan oldin, YeK Germaniya avtokonsernlarini 1 mlrd yevrolik jarimaga tortmoqchi ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: