Peres Neymar va Mbappening «Real»ga kelishi ehtimoli haqida gapirdi

«Real» prezidenti Florentino Peres klubga «PSJ» hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar taklif qilinishi ehtimoli bo‘yicha savolga kinoya bilan javob berdi.
«Zidan – fransuz, xuddi Mbappe kabi. Balki, u nimadir qila olar, shunday emasmi?
Neymar yoki Mbappemi? Ikkisi ham», – deya Peresning so‘zlarini keltirgan Cadenaser.
Peres Krishtianu Ronalduning «Real»ga qaytish ehtimoli haqidagi savolga ham javob qaytargan.
«Zidan Ronalduni qaytishga ko‘ndira oladimi? Hozir Krishtianu qayerda bo‘lishi kerak bo‘lsa o‘sha yerda va uning ishlari joyida», — deya qayd etgan Peres.
Bundan avvalroq, Zidan «Real»ga qaytishi uchun shartlar qo‘ygani, shulardan biri Mbappe transferini amalga oshirish ekani xabar qilingandi.
Marca xabariga ko‘ra, Zidan rahbariyat oldiga 6ta shart qo‘ygan va ularning so‘zsiz bajarilishini talab qilgan:
- Jamoani to‘liq nazorat qilish;
- Uslubiga mos bo‘lmagan futbolchilarni sotib yuborish;
- Marselo va Iskoni tarkibda saqlab qolish;
- Neymar transferidan voz kechish;
- Xames Rodrigesni orqaga qaytarmaslik;
- Mbappe transferini amalga oshirishga urinib ko‘rish.
Peres bu shartlarga ko‘nganidan so‘ng, Zidan shartnomani imzolagan.
Mavzuga oid

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

05:19 / 28.01.2025