Sport | 05:19 / 28.01.2025
12897
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi

«Al Hilol» Neymar bilan xayrlashdi. 

Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Saudiya klubi 32 yoshli hujumchiga omad tiladi. 

Braziliyalik futbolchi vataniga — «Santos»ga qaytadi. U 2011-2013 yillar oralig‘ida shu jamoada o‘ynagan. 

Eslatib o‘tamiz, Neymar «Al Hilol»ga 2023 yil yozida «PSJ»dan 90 mln yevro evaziga o‘tgandi. U jarohatlar sabab jamoada atigi 7 ta o‘yin o‘tkazdi.

Mavzuga oid