Prezident valuta operatsiyalarida bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Iqtisodiyot 09:27 / 11.03.2019 20197

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Valuta operatsiyalarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 16 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-350-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 16 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-350-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar

4-bandda:

a) uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklarni” so‘zlari “tijorat banklarni” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Jamg‘arma hisobvarag‘iga tushgan milliy valutadagi mablag‘lar ular tushgan sanadagi O‘zbekiston respublika valuta birjasining savdo sessiyalarida o‘rnatilgan joriy kurs bo‘yicha chet el valutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamg‘armaning valuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”. 

2-ilovada:

a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklarning” so‘zlari “tijorat banklarning” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 20-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg‘arma hisobvarag‘iga tushgan milliy valutadagi mablag‘larni ular tushgan sanadagi O‘zbekiston respublika valuta birjasining savdo sessiyalarida o‘rnatilgan joriy kurs bo‘yicha chet el valutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg‘armaning valuta hisobvarag‘iga o‘tkazadi”.

Bundan oldin, Markaziy bank raisi O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayotgani haqida aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: