Turkish Airlines samolyotining 29 yo‘lovchisi turbulentlik sababli jabrlandi

Foto: Flickr / BriYYZ
9 martda Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbuldan Nyu-Yorkka parvozni amalga oshirgan samolyotida turbulentlik vaqtida 29 yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, samolyot bortida 326 yo‘lovchi va ekipajning 21 a'zosi bo‘lgan. Samolyot Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportga yaqinlashayotganda samolyotda kuchli titrash boshlangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 29 kishi yengil, asosan lat yeyish jarohati olgan.
Mavzuga oid

12:10 / 25.01.2025
Turkish Airlines 13 yildan so‘ng Suriyaga parvozlarini qayta tikladi

15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi

00:48 / 23.11.2024
Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildi

23:06 / 09.10.2024