LADA UZBEKISTAN kompaniyasi aziz va munis xotin-qizlarimizni 8 Mart ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaydi. Har bir nozik qalb egasiga mustahkam salomatlik, baxt-omad va tinchlik-xotirjamlik hamroh bo‘lishini tilab qoladi!
Bugungi kunda Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlatimiz rahbariyati va mutasaddi idoralar tomonidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 24 noyabr kunidagi “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5582 son Farmoniga asosan, bugungi kunda Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishida yangi xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilib kelinmoqda.
Mazkur tizim biz kabi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga bojxona rasmiylashtiruvini qisqa muddatlarda va samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.
Xususan, biz tomondan bojxona rasmiylashtiruviga taqdim qilinayotgan tovar va transport vositalari o‘z xususiyatiga qarab “sariq”, “qizil” va “yashil” yo‘laklarga taqsimlanib, bojxona rasmiylashtiruvi ortiqcha kutishlarsiz 30 daqiqadan 1 kungacha to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu bilan birga, rasmiylashtiruv uchun yuborilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarni DBQning rasmiy www.customs.uz sayti orqali BYuDning ro‘yxatdan o‘tgan vaqti, qanday yo‘lakda rasmiylashtiruv amalga oshirilayotganligi va rasmiylashtiruv vaqtlarini “online” rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu ham o‘z navbatida tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratadi.
Bojxona rasmiylashtiruvida qo‘llanilayotgan mazkur tizim va boshqa yangiliklar bojxona xodimlarining tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini ortiqcha ma'muriy to‘siqlarsiz samarali nazorat qilishi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini bojxona qonunchiligiga rioya etishlariga undab, halol raqobat muhitini shakllantirishiga ishonch bildiramiz.
Bugungi kunda LADA UZBEKISTAN kompaniyasi bojxona ma'muriyatchiligida qo‘llanilayotgan tizimni bir ovozdan qo‘llab quvvatlab, DBQ va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlariga, xususan jamiyatimiz tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan “Toshkent-tovar” TIF bojxona postining xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Bojxona ma'muriyatchiligida qo‘llanilayotgan tizim yaratuvchilariga hamda tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini qo‘llab quvvatlashga o‘zini munosib hissasini qo‘shib kelayotgan har bir bojxona xodimining faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida o‘zining halol mehnati bilan faol qatnashib kelayotgan har bir tadbirkorlik sub'yektlarini bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, shu bilan birga davlat rahbariyati va davlat organlari tomonidan yuritilayotgan siyosatni qo‘llab quvvatlashga undab qolamiz.
LADA Uzbekistan