Banklarga qo‘llaniladigan sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi

Iqtisodiyot 11:29 / 08.03.2019 7760

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998 yil 26 dekabrdagi 74-son qarori bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilishi mumkin.

Xususan, nizomning nomidagi “bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga” degan so‘zlar “kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
   
1.1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
“1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llash tartibini belgilaydi.”.

 Quyidagi tahrirdagi VI-2-bo‘lim bilan to‘ldiriladi:
 
“VI-2. Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqbuzarliklar va Markaziy bankning ko‘rsatmalari bajarilmaganligi uchun sanksiyalar”

6.2-1. Kredit tashkilotlari tomonidan bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari himoya qilishga oid qonunchilik talablari buzilganda, shuningdek, Markaziy bankning bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Markaziy bank quyidagicha jarima undirish huquqiga ega:

bankdan - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining
0,1% miqdorida;

mikrokredit tashkilotidan - mikrokredit tashkiloti ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1% miqdorida;

lombarddan -  eng kam oylik ish haqining o‘n barobari miqdorida.

Ko‘proq yangiliklar: