Jeparov qayta o‘tkazilgan jismoniy testlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Ikki hafta oldin O‘FAning test sinovlaridan o‘ta olmagan «Metallurg» futbolchilari qayta imtihondan o‘tkazildi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bu safar sinovdan o‘ta olmaganlar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Metallurg» a'zolari 17 fevral kuni O‘FA tomonidan tasdiqlangan 30 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish va «Yo-Yo» test-sinovlarini topshirishgandi. Testdan o‘ta olmagan futbolchilar orasida O‘zbekiston terma jamoasining 36 yoshli sobiq sardori Server Jeparov ham borligi ma'lum qilingandi.
Bekobodliklar klubi Superligani 10 martda «Surxon»ga qarshi safar o‘yini boshlashadi. Jamoa Termizga to‘liq tarkib bilan 9 martda parvoz qiladi.
Ma'lumot uchun, avvalroq O‘FA qoshidagi texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo‘limi boshlig‘i Shamil Iseyev jismoniy sinovlardagi normativlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid

13:58 / 28.06.2024
«Metallurg» xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi

15:45 / 18.10.2022
«Lokomotiv» Jeparovni iste’foga chiqardi. Klubni avstraliyalik murabbiy boshqaradi

17:23 / 24.08.2022
Server Jeparov – «Lokomotiv» bosh murabbiyi

09:30 / 02.08.2021