«Lokomotiv» Jeparovni iste’foga chiqardi. Klubni avstraliyalik murabbiy boshqaradi

Sport 15:45 / 18.10.2022 20994

«Lokomotiv» kecha juda muhim bellashuvda «Olimpik»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi.

Superliganing qolgan 4ta turiga asosiy jamoamizni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yyelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan, Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yyelichichga yaqindan yordam beradi», - deyiladi klub xabarida.

Foto: Lokomotiv

Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» 20 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi turlarda «Paxtakor», «Navbahor», «So‘g‘diyona» va «Metallurg»ga qarshi maydonga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: