Joriy yilning 26-28 fevral kunlari Moskva shahrida YeII hamda MDH mamlakatlarining 10-yubiley Farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha MDH davlatlaridagi farmatsevtika sohasiga oid masalalar, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova, Belarus, Armaniston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina va Gruziya dori bozorining tendensiyalari muhokama qilindi.
Mazkur farmatsevtika forumi barcha MDH mamlakatlarining farmatsevtika bozori ishtirokchilarini bir yerga yig‘uvchi yagona tadbirdir. Ma'lumotlarga boy bo‘lgan uch kun davomida soha professionallari hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, MDH davlatlari regulyatorlari 250 dan ortiq dori preparatlari, boshqaruvdagi so‘nggi o‘zgarishlar va sohaning rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishdi.
2019 yilda tashkilotchilar asosiy e'tiborni o‘zbek farmatsevtika mahsulotlariga qaratishdi. O‘zbekiston bozori hozirgi kundagi muhim ijobiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. 26 fevral kuni nazorat qiluvchi organlar, distribyutorlar, xalqaro va mahalliy dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan iborat 20 nafar ma'ruzachi O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qilishdi. Belgilangan uchrashuvlar doirasida barchaga «Grand Pharm» va «Best Pharm» sifatida tanilgan O‘zbekistonning eng katta farmatsevtika distribyuterlik kompaniyalaridan biri «Grand Pharm Trade» o‘z taqdimotini namoyish etdi. Kompaniya respublika bo‘ylab keng turdagi dori vositalarini arzon narxlarda taqdim etib kelmoqda.
«Grand Pharm Trade» kompaniyasi boshqaruv direktori A.Shamsutdinov Forum ishtirokchilariga biznesni rivojlantirish uchun respublikada yaratilgan sharoitlar, davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, respublika valuta bozori va soliq qonunchiligining liberallashuvi haqida ma'lumotlar berdi.
Bundan tashqari, A.Shamsutdinov kompaniyaning respublika farmabozorida yetakchi o‘ringa chiqishga sabab bo‘lgan 2018 yil sarhisoblari, shuningdek, 2019 yilgi rivojlanish rejalari bilan tanishtirdi. Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilda katta e'tibor «Grand Pharm» va «Best Pharm» brendlari ostida dorixona tarmoqlarini hududiy kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, shuningdek, narx-navodagi hamyonboplik hamda ochiqlikni saqlab qolishga qaratiladi.
A.Shamsutdinov chiqishi yakunida Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlarining taniqli ishlab chiqaruvchilari «Grand Pharm Trade» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish uchun katta qiziqish bildirishdi. Uchrashuv doirasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida shartnoma belgilandi va O‘zbekiston bozoriga kirishni reja qilgan yirik kompaniyalar bilan o‘zaro kelishuv memorandumlari imzolandi.
«Grand Pharm Trade» MChJ
Reklama huquqi asosida