XVJ missiyasi O‘zbekistonga tashrifi natijalari bo‘yicha yakuniy bayonot e'lon qiladi

Iqtisodiyot 08:02 / 05.03.2019 4700

Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasi 2019 yil fevral oyidan martgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonga so‘nggi o‘zgarishlar va istiqbollarni o‘rganish, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida tashrif buyurdi.

Moliya Vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentda xalqaro jamg‘arma katta moliyachisi Albert Yeger boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muhokamalar rivojlanish ustuvorligi, tarkibiy islohotlar, pul-kredit siyosati, moliyaviy va soliq tizimlariga, Davlat budjeti va uning parametrlarini 2019 yilda bajarish kabi mavzularga qaratildi.

Yaqin vaqt ichida Xalqaro valuta jamg‘armasi Missiyaning O‘zbekistonga tashrifi natijalari bo‘yicha yakuniy bayonot e'lon qiladi. 

Ma'lumot uchun: yakuniy bayonotda XVJ missiyasi safari yakunlari bo‘yicha dastlabki natijalar ko‘rsatiladi. Bunday tashriflar Xalqaro Valuta Jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi so‘rov bilan bog‘liq ravishda XVJning IV moddasi bo‘yicha muntazam (odatda yillik) maslahatlashuvlar doirasida, shuningdek Jamg‘arma xodimlari nazorati ostida o‘tkazilgan dastur muhokamalari davomida yoki XVJ tomonidan boshqa iqtisodiy monitoringning bir qismi sifatida amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: