O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

Iqtisodiyot 14:50 / 04.03.2019 23843

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 5 martdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10,23 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8392,96 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 16,09 so‘mga ko‘tarilib, 1 yevro 9546,15 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 1,29 so‘mga tushdi va 127,32 so‘mga teng bo‘ldi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: