Bugungi kunda mamlakatimiz sug‘urta bozorining keskin sur'atlar bilan rivojlanib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Davlatimiz tomonidan sug‘urta tizimida islohotlarni jadallashtirish, respublikamizda rivojlangan sug‘urta infratuzilmasini yaratish borasida salmoqli qadamlar tashlanmoqda. Sug‘urta faoliyatining iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash hamda bozor munosabatlari sharoitida uni rivojlantirish muhimligini hisobga olib, hukumatimiz muntazam ravishda sug‘urta sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bu ijobiy o‘zgarish jarayonlari halqaro hamjamiyat e'tiboridan chetda qolmayapti. S&P Global Ratings va Fitch Ratings halqaro reyting tashkilotlari barqaror prognozlari bilan «VV-» darajasidagi O‘zbekistonning ilk xalqaro suveren kredit reytinglarini belgiladi. Natijada joriy yilning yanvar oyida Fitch Ratings halqaro reyting agentligi tomonidan «KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJga berilgan «V+» darajasini «VV-» (barqaror) darajasiga ko‘tarishiga turtki bo‘ldi.
«KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJ O‘zbekiston sug‘urta bozorini yetakchi sug‘urta bozorlarida tanitish hamda halqaro sug‘urta olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, kompaniya hodimlari tomonidan sug‘urtaning «yuragi» hisoblangan, Buyuk Britaniyaning poytaxti – Londonda joylashgan «International Underwriting Association of London» (IUA) vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida «KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJ O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida birinchi bo‘lib ushbu Halqaro assotsiatsiyaning a'zolari safiga kirishga erishdi.
Ushbu Assotsiatsiya 1998 yil 31 dekabrda Londonning halqaro sug‘urta va qayta sug‘urta bozori Assotsiatsiyasi (LIRMA) va London sug‘urtalovchilar Instituti (the Institute of London Underwriters) birlashuvi natijasida yuzaga kelgan. Assotsiatsiya a'zolari Londonning sug‘urta va qayta sug‘urta bozoridagi barcha yetakchi kompaniyalari hisoblanadi, ushbu sug‘urta kompaniyalarning yillik sug‘urta mukofoti miqdori 10 mlrd. funt sterlingdan kam emas.
IUA ga a'zo bo‘lish «KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJ uchun qator imkoniyatlarni yaratadi, jumladan:
- Xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- Xalqaro Anderrayting Assotsiatsiyasining internet sahifasi va nashrlarida «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning a'zo sifatida tanilishi;
- Har yili iyun oyida Londonda IUA tomonidan tashkil etiladigan Assotsiatsiya a'zolari bilan birga yillik uchrashuvda ishtirok etish;
- Dunyo sug‘urta bozori haqida statistik malumotlar bilan tanishish.
«KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJ ning «International Underwriting Association of London» (IUA) ishtirokchilari safiga qo‘shilishi O‘zbekiston sug‘urta bozori vakillarining jahon sug‘urta arenasiga chiqishidan dalolatdir.
«KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi» AJ matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida