Jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovi e'lon qilindi

Jamiyat 13:00 / 03.03.2019 3004

«Yoshlar media markazi» NNT jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovini e'lon qiladi.

Mini-grantlar bugungi o‘zbek yoshlari hayotiga oid tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy so‘rov yoki statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan, xolis xulosa, haqqoniy baho, amaliy taklif va mulohazalarni o‘z ichiga olgan, «tosh bosuvchi» materiallar uchun ajratiladi.

Mini-grant olish uchun muallif quyidagilarni taqdim etishi kerak*:

- mavzu (materialdan o‘rin oladigan asosiy ma'lumotlar);

- hudud (agar xizmat safariga chiqish zarurati bo‘lmasa shart emas);

- mini-grant summasi;

- kontakt ma'lumotlari. 

Mini-grant summasi 500 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha. Material muhimligi, qamrov hududi kengligiga qarab summa miqdori ko‘payishi mumkin.

Tanlovga kelib tushgan eng ma'qul takliflardan har oyda 10tasi saralab olinadi va ularga mini-grant ajratiladi.

*Bitta Word faylga hammasini jamlab yuborish zarur.

Telegram raqam:  +99899 8981845

Ko‘proq yangiliklar: