AirPods 2 qachon chiqarilishi oshkor etildi

Foto: Beck Diefenbach / Reuters
Apple kompaniyasi 29 mart kuni AirPods 2 quloqchinlari sotuvini boshlaydi. Bu haqda Ispaniyaning Applesfera nashri xabar qilmoqda.
Nashrning taxminicha, Apple 25 mart, dushanba kuni AirPods 2 va boshqa yangi mahsulotlar taqdimotini o‘tkazadi, shundan so‘ng qurilma do‘konlarda paydo bo‘ladi. Xususan, nashr AirPods birinchi versiyasining «hayot davri» 28 mart kuni nihoyasiga yetishi, keyin ularni sotish to‘xtatilishi haqida ko‘rsatilgan, yetkazib beruvchilardan birining ma'lumotlariga tayangan.
Yangi AirPods’ning xususiyatlaridan biriga simsiz quvvatlantirishning qo‘llab-quvvatlanishi aylanishi kerak, u 2017 yil sentyabrida e'lon qilingan. O‘shanda AirPower simsiz quvvatlantirish qurilmasi ko‘rsatildi, ammo 2018 yil oxiriga kelib, Apple ushbu gadjet haqidagi barcha ma'lumotni saytdan olib tashladi. Kutilishicha, mart oyida kompaniya taqdimot o‘tkazadi, unda yangi iPad mini namoyish etiladi va AirPower haqida qayta e'lon qilinadi.
AirPods simsiz quloqchinlarning birinchi versiyasi 2016 yil sentabr oyida taqdim etilgan, ular o‘sha yilning dekabr oyida sotuvga chiqarildi. Quloqchinlar bir vaqtning o‘zida gadjetni quvvatlantirish uchun xizmat qiladigan keys bilan birga yetkazib beriladi. Ular besh soatgacha bir quvvatda ishlash imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, keys yana 19 soat quloqchinlar ishini ta'minlab bera oladi.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025