Qozog‘istonning Turkiston viloyati issiqxonalar uyushmasi raisi Mirzahmad Snabayevning so‘zlariga ko‘ra, Chimkent issiqxonalaridan olingan sabzavot mahsulotlari raqobatbardosh emas. Bu haqda Kursiv.kz xabar qilmoqda.
Snabayevning aytishicha, Chimkent bozorlarida pomidor va bodringning yuqori narxi (bir kg uchun 700 dan 850 tengegacha) gaz va elektr energiyasi uchun katta tariflar bilan izohlanadi. Agar, O‘zbekistonda bir kub gaz 12 tenge, kVt/soat esa - 8 tenge tursa, Turkiston viloyatida bu ko‘rsatkich mos ravishda 36 va 25 tengega teng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili issiqxona egalariga gaz uchun subsidiyalar bekor qilindi. Bir kub metr gaz uchun 36 tengelik tarif darhol sabzavotlar narxiga ta'sir ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, janub mahsulotlarining raqobatga bardosh bera olmayotgani yuqori bojxona bojlariga ham aloqador - O‘zbekistonga eksport qilinadigan mahsulotlarning umumiy qiymatidan 12%.
Shu tariqa, Turkiston viloyati issiqxonalarida yetishtirilgan 1 kg bodring va pomidor tannarxi 140 tengedan 150 tengegacha bo‘lib turibdi, O‘zbekistonda esa - 70 tengedan 75 tengegacha.