O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 fevraldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10,99 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8403,19 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi +52,75 so‘mga ko‘tarilib, 1 yevro 9530,06 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 Rossiya rubli 2,36 so‘mga oshdi va 128,61 so‘mga teng bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi qatorasiga ikki marta pasaygach, yana ko‘tarila boshladi.