Afsonaviy Maykl Jordan surati tushirilgan kartochka 350 ming dollarga sotildi

Jahon 20:39 / 24.02.2019 8519

MBAning “Chikago Bullz” va “Vashington Uizards” basketbol klublarining sobiq o‘yinchisi, afsonaviy Maykl Jordan surati tushirilgan kolleksion kartochka auksionda 350 ming dollarga sotildi.

Ushbu narx basketbol kartochkalari uchun rekord o‘rnatdi. 

“Jordanga tegishli boshqa buyumlar – sport poyabzali, tarixiy o‘yinlardan maykalari bo‘ldi, ular ham yuqori narxlarda sotildi”, deb aytgan Spors Collectors Daily muharriri Rich Myuller.

Jordan ikki karra Olimpiya chempioni va “Chikago” safida 6 karra MBA chempioni hisoblanadi. U 6 marta MBA pley-off o‘yinlari finalining eng yaxshi o‘yinchisi va 5 marta mavsumning eng qiymatli o‘yinchisi deb topilgan. 

2017 yil avgustda The Undefeated resursi SurveyMonkey tahliliy platformasi bilan birgalikda barcha zamonlarning eng buyuk qora tanli 50 sportchisi reytingini tuzgan. Reytingda aynan Jordan yetakchi deb topilgan. Unga yetakchi uchlikda afsonaviy bokschi Muhammad Ali va Bosh beysbol ligasining XX asrdagi ilk qora tanli o‘yinchisi Jyeki Robinson kompaniya tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: