Maykl Jordan qora tanlilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar xayriya qiladi

Jahon 15:50 / 06.06.2020 7379

Milliy basketbol assotsiatsiyasining olti karra chempioni Maykl Jordan Jordan Brand kompaniyasi bilan hamkorlikda irqiy tenglik uchun kurashuvchi tashkilotlarga o‘n yil davomida 100 million dollar mablag‘ni xayriya sifatida o‘tkazadi. Bu haqda Highsnobiety nashri xabar berdi.

«Jordan Wings Program dasturi doirasida tizimli irqchilikka duch kelayotgan qora tanli yoshlar uchun ta'lim olish va rivojlanish imkonini taqdim etishga qaror qildik», —dedi Jordan Brand prezidenti Kreyg Uilyams.

May oyida Maykl Jordanning krossovkasi Sotheby's auksionida rekord narx – 560 ming dollarga sotilgandi.  

Afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng AQShda namoyish va tartibsizliklar boshlandi. To‘qnashuvlar chog‘ida bir necha politsiyachi jarohatlandi, minglab kishilar hibsga olindi.

 

Ko‘proq yangiliklar: