Maykl Jordan bir yilda qancha pul ishlab olgani aytildi

Foto: AP
«Chikago Bullz» basketbol klubi sobiq o‘yinchisi Maykl Jordan dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 1477-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
ClutchPoints ma'lumotlariga ko‘ra, Jordanning o‘tgan yilgi sof daromadi 350 million dollarni tashkil etgan. Sportchi daromadning bir qismini o‘zi egalik qiluvchi «Sharlott Bobkets» klubidan olgan.
55 yoshli Jordan ikki karra Olimpiya chempioni sanaladi. MBAda 1984 yildan 2003 yilgacha o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq basketbolchi Kobi Brayant muvaffaqiyatli sarmoyalar tufayli 200 mln dollar ishlab olgandi.
Mavzuga oid

07:53 / 11.09.2023
Basketbol. Germaniya - o‘z tarixida ilk bor jahon chempioni

07:17 / 21.07.2021
“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi

15:50 / 06.06.2020
Maykl Jordan qora tanlilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar xayriya qiladi

15:20 / 20.05.2020