Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda arzon energiya ishlab chiqarishni taklif etmoqda

Iqtisodiyot 14:59 / 23.02.2019 16900

Qatarning Redco International sanoat holdingi direktori Saif Ar-Rahmon Xon energetika yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi axborot xizmati. 

Yengil sanoat, temir qurilmalar, beton ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lgan, 14 mingdan ortiq xodimlarni birlashtirgan kompaniya O‘zbekistonda muqobil energiya bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni taklif etmoqda. 

«Kompaniya shunga o‘xshash loyihalarni Ozarboyjon, Pokiston, Nigeriya va Qozog‘istonda, ishlab chiqarilgan energiyaning 1 kvatt/s uchun 4 sent qiymatida, amalga oshirgan. Shuningdek, kompaniya Toshkent shahri va boshqa hududlardagi bir qator mehmonxonalarni xususiylashtirish masalasida qiziqishini bildirdi», – deb xabar bermoqda vazirlik. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning SkyPower loyihasi 1,3 milliard dollarlik moliya bilan ming megaVattga teng quvvatli elektrostansiya qurishini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: