Guaydo Venesuela harbiylari unga qanday yordam berganini aytdi

Jahon 08:25 / 23.02.2019 13553

Venesuela muxolifati rahbari, o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydoning aytishicha, venesuelalik harbiylar unga Kolumbiya hududiga kirishga yordam bergan. Bu haqda 800 Noticias xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik u va tarafdorlari Kolumbiya hududiga qanday qilib kirib borgani bilan qiziqmoqda.

«Biz qurolli kuchlar ham bu jarayonda ishtirok etgani tufayli shu yerdamiz», - dedi Guaydo.

Uning aniqlik kiritishicha, Kolumbiyaga «tilanchilik» qilish uchun emas, balki hozirgi paytda kuzatilayotgan inqirozni yaxshilab tushunish maqsadida kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro rejimi biznesdan to‘rt davlatda hisob raqamlari ochishni so‘ragani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: