Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi

Iqtisodiyot 10:46 / 23.02.2019 3520

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018 yil 1 maydagi 180-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
 
1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi gap bilan to‘ldiriladi:

“Anonim murojaat komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.”.

4-bob quyidagi mazmundagi 30-1-band bilan to‘ldiriladi:

“30-1. Komissiya vakolatli organning murojaatiga asosan ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritishi mumkin, unda quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:

xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlarda davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari to‘g‘risidagi;

majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to‘g‘risidagi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochi uch yil davomida davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi, bu muddat tamom bo‘lgach ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarib yuborilgan hisoblanadi.”.

Ko‘proq yangiliklar: