Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari viloyat hokimi o‘rinbosarligiga jo‘natildi

O‘zbekiston 19:00 / 20.02.2019 39296

Yoshlar ittifoqi raisining Tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkirbek Ilhamovich Shukurov faoliyatini Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida davom ettiradi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

O‘tkirbek Shukurov muqaddam «Kamolot» YoIHning tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan, 2017 yilning yozida yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi raisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Serobiddin Poziljonovich Ismoilov ishdan bo‘shagach, bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: