AQShda maktab o‘quvchisi Washington Post gazetasidan tuhmat uchun 250 mln dollar to‘lov talab qilmoqda

Jahon 17:18 / 20.02.2019 8667

AQShning Kentukki shtatilik maktab o‘quvchisi Nikolas Sandman Washington Post gazetasida chop etilgan maqola tuhmat ekanligini iddao qilib gazetadan 250 mln dollar talab qilmoqda. Uning manfaatini himoya qiluvchi advokatlik byurosining bildirishicha, maqolada go‘yoki Sandman Vashingtonda bo‘lib o‘tgan namoyishda namoyishchilardan biri bilan janjal chiqarishga uringanligi yozilgan.

Voqea 18 yanvarda, Sandman va uning sinfdoshlari ishtirok etgan abortlarga qarshi mitingda sodir bo‘lgan. Gazetada chop etilgan fotosuratda Sandman doira chalib qo‘shiq aytayotgan amerikalik hindu Neytan Filips bilan yuzma-yuz turgani aks etgan. Fotosurat ostidagi yozuvda aynan Sandman Filipsga nisbatan o‘zini tajovuzkorona tutib, irqchilik kayfiyatini namoyish etgani aytilgan.

Filipsning aytishicha, Sanders do‘stlari bilan "Devor quramiz" deb qichqirgan. Sandman esa barcha ayblovlarni rad etmoqda va Filips ataylabdan uning yonidan baland ovozda qo‘shiq aytgani hamda Sandman va uning do‘stlari qichqirishgani birorta ham videoyozuvda qayd etilmaganini aytmoqda.

Da'vo arizasida gazeta maktab o‘quvchisiga tuhmat qilganligi bayon etilgan.

"Nikolasga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash va gazetaga hech qachon esidan chiqmaydigan saboq va jazo berish uchun 250 million dollar miqdorida tovon to‘lanishi talab qilinadi", - deyiladi advokatlik byurosining bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: