Mashina olishni xohlayapsiz-u, lekin mablag‘ingiz yetmayaptimi? Bu muammo emas!
Endi siz avtomobilni bo‘lib to‘lash sharti bilan olishingiz mumkin. Avtobor.uz- avto sayti MOGO xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil shinavandalari uchun “Avtomobilni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish” bo‘yicha yangi xizmatni joriy qildi.
Endi siz Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Chevrolet rusumidagi yangi yoki haydalgan va muddati 10 yilgacha bo‘lgan avtomobillarni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishingiz mumkin. Bunda avtomobil xaridori oldindan 30% miqdoridagi to‘lovni, keyinchalik esa, teng miqdorda belgilangan oylik to‘lovlarni 5 yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiradi.Bunday imkoniyatga barcha jismoniy va yuridik shaxslar ega bo‘lib, kelishuvlar notarial asosda rasmiylashtiriladi.
Avtomobil egasi bo‘lishingiz uchun quyidagi 4 ta qadamni amalga oshiring:
1-qadam: Avtobor.uz saytiga kiring va avtomobilni tanlang
2-qadam:Avtomobil tafsilotlari joylashtirilgan e'londagi “Ushbu avtomobilni MOGOdan bo‘lib to‘lash sharti bilan olish” tugmasini bosing
3-qadam:Ariza shaklida siz bilan bog‘lanish ma'lumotlarini kiriting va arizani yuboring
4-qadam: MOGO vakili hujjatlarni rasmiylashtirish uchun siz bilan bog‘lanadi
Bunday imkoniyatdan foydalanib qoling! Orzuingizdagi avtomobilni Avtobor.uz’dan tanlang va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling.
Reklama huquqi asosida