Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonning soliq tizimini tanqid qildi

O‘zbekistonda kompaniyalarning o‘sib rivojlanishi va bandlik bilan bog‘liq muammolarning saqlanib qolishiga, qisman, normativ hujjatlardagi yo‘riqlar ham sababchi bo‘lmoqda. Bulardan biri — ikki standart asosida ishlayotgan O‘zbekiston soliq tizimi, deb bayon qilinadi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi e'lon qilgan hisobotda.
«Soliq tizimida o‘rnatilgan tartib qo‘shimcha ishchi kuchini yollash, ularning bandligini rasmiylashtirishga rag‘bat bermaydi. Negaki, soliq yuki bo‘yicha chegara nuqtasi ishchilar soni bilan o‘lchanadi. Bu esa optimal bo‘lmagan bandlik koeffitsiyentiga sababchi bo‘lyapti, ishchi kuchidan norasmiy foydalanishga undaydi, shuningdek, turfa daraja va makondagi iqtisodiyotdan mahrum etadi», — deyiladi hisobotda.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 22-moddasida ta'kidlanishicha, mikrofirmalar va kichik korxonalar — belgilangan mezonga xodimlarining soni bo‘yicha mos keladigan yuridik shaxslar.
Hisobotda aytilishicha, alohida kompaniya va subsektorga berilgan soliq imtiyozlari vaziyatni yanada chigallashtiradi. O‘zbekistonning eksportdagi raqobatbardoshligi oxirgi o‘n yillikda tushib ketgan.
«Qo‘shni mamlakat — Qozog‘istonning bu boradagi raqobatbardoshligi 14 foizga oshdi, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasi mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 42 foizni tashkil etdi», — deyiladi unda.
Mavzuga oid

13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi

18:19 / 21.09.2024