BAA IDEX 2019’ning ilk kuni 1,3 mlrd dollardan ko‘proqqa qurol-aslaha sotib oldi

Iqtisodiyot 22:47 / 17.02.2019 12679

BAA qurolli kuchlari 17 fevralda qurol va harbiy texnika ko‘rgazmasi IDEX 2019’ning ilk kuni 5 mlrd dirhamlik (1,362 mlrd dollarlik) qurol-aslaha sotib olishga shartnomalar tuzdi. 

Ta'kidlanishicha, xorijiy kompaniyalar bilan 3,866 mlrd dirhamlik (1,053 mlrd dollar), BAA kompaniyalari bilan 1,104 mlrd dirhamlik (300,8 mln dollar) shartnomalar tuzilgan.

BAAda o‘tayotgan ko‘rgazmaning ilk kuni imzolangan eng yirik shartnoma AQShning Raytheon kompaniyasi bilan Patriot tizimlari uchun boshqariluvchi raketalarni sotib olishga 356 mln dollarlik shartnoma bo‘lgan.   

Rossiya bilan ikkita: BAA havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining “Pansir- S1” raketa-zambarak majmualarini ta'mirlash va ularga ehtiyot qismlari yetkazib berishga 12,5 mln dollarlik va BAA quruqlikdagi qo‘shinlari uchun “Kornet-E” tanklarga qarshi boshqariluvchi raketalar yetkazilishiga 40 mln dollarlik shartnomalar tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: