Tramp AQShda favqulodda vaziyat tartibini joriy qildi

Jahon 23:40 / 15.02.2019 12663

AQSh prezidenti Donald Tramp favqulodda vaziyat tartibini joriy qildi. Uning bu boradagi chiqishi Oq uyning saytida jonli efirda uzatilgan. 

“Bu yerda murakkab narsa yo‘q, barchasi oddiy. Biz giyohvand moddalar, jinoyatchilar va jinoiy to‘dalar hududimizga o‘tmasligini istaymiz”, deb aytgan Tramp va ungacha ham boshqa prezidentlar favqulodda vaziyat e'lon qilishga borishganini ta'kidlab o‘tgan. 

Favqulodda vaziyat Trampga kongress roziligisiz Meksika bilan chegarada devor qurishga yetmayotgan 6,5 mlrd dollarni ajratishga va uni AQSh muhandislik qo‘shinlari korpusiga qurishni buyurishga imkon beradi. Tramp avvalroq devor qurilishiga 5,7 mlrd dollar so‘ragan.  

Demokratik partiyaning yetakchi vakillari Trampning bu qarorini hokimiyatni jiddiy suiiste'mol qilish deb atashgan. Kongress spikeri Nensi Pelosi demokratlar prezident qarori ustidan sudga arz qilishlari mumkinligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: