2018 yil davomida valuta kursi ham ichki, ham tashqi omillar ta'sirida shakllanib, o‘zida xorijiy valutaga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro nisbatini aks ettirdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
Qayd etilishicha, ichki valuta bozorida xorijiy valuta tushumining ortishi va unga bo‘lgan talabning kamayishi davrida so‘m qadrining oshishi kuzatilgan. Aksincha, xorijiy valutaga bo‘lgan talab oshgan davrda so‘mning qadrsizlanishi kuzatilgan.
2018 yilning IV choragi davomida so‘m 3,2 foizga (8079,3 so‘m/dollardan 8339,6 so‘m/dollarga) qadrsizlandi. 2018 yil yakunlari bo‘yicha so‘m 2,7 foizga (8120,1 so‘m/dollardan 8339,6 so‘m/dollarga) qadri tushdi hamda uning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq 7,3 foizni tashkil qildi.
Valuta kursining nisbatan barqaror dinamikasi pul-kredit siyosatining qat'iylashtirilishi, tashqi o‘zgarishlarning salbiy ta'sirini yumshatilishi hamda valuta oqimining ko‘payishi kabi omillar bilan qo‘llab-quvvatlandi, deyiladi MB hisobotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oxirgi 12 oyda narxlar tezroq oshishiga nima sabab bo‘layotgani aytilgandi.