Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida #BoburDay sayli bayram aksiyasi o‘tkaziladi

Jamiyat 20:46 / 12.02.2019 2201

14 fevralda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlik huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ko‘magida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536  yilligi munosabati bilan #BoburDay sayli bayram aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur aksiyada o‘zini milliy qadriyatlarimizga daxldor deb biluvchi har bir fuqaro faol ishtirok etish uchun universitetga tashrif buyurishi va hududda o‘rnatilgan buyuk siymo Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tushib, o‘z ishtiroki va munosabatini onlayn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirib borishi mumkin.

Aksiyada barcha yurtdoshlarimiz jumladan, el sevgan taniqli san'atkorlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar, shuningdek, keng yoshlar ommasi faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Jahon trendlaridan biriga aylanib ulgurgan #BoburDay xeshtegi mana bu yil ham Internet foydalanuvchilari o‘rtasida yana bir bor ulug‘ allomaning hayoti va ijodini faol targ‘ib qilib, yoshlar o‘z tengdoshlari bilan dunyoning barcha burchaklaridan turib mavzu atrofida muloqot qilishlari hamda fikr almashishi uchun imkoniyat yaratmoqda. 

Shuningdek, saylda bir vaqtning o‘zida barcha ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari o‘z postlarida #BoburDay xeshtegini ishlatgan holda qatnashishlari mumkin.

#BoburDay sayli Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 14 fevral kuni soat 9:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: