Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning rus tilidagi navbatdagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

Jamiyat 14:28 / 09.02.2019 9796

2019 yilning 9 fevral kuni «Hilol-nashr» nashriyot-matbaa uyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning rus tilidagi navbatdagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.

Taqdimotda MDH mamlakatlari, turli xil tashkilotlar, korxonalardan faxriy mehmonlar, diniy o‘quv muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimotda ta'kidlanishicha, hozirgi kungacha chop etilib kelinayotgan va ulardan millionlab o‘quvchilar, shu jumladan elektron resurslarning foydalanuvchilari foydalanib kelayotgan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qalamiga mansub ko‘plab fundamental va qomusiy ilmiy kitoblar ularning Islom dini va Vatani oldidagi ulkan xizmati hisoblanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini qisqa tarzda mana bunday ta'riflasa bo‘ladi:

Birinchidan, ular islom dinini uning haqiqiy ko‘rinishida taqdim etishga yo‘naltirilgan; ularda ma'lumotlar din haqidagi bilimlarni berishdagi omonatga rioya qilgan holda, haqqoniy keltirilgan. 

Ikkinchidan, ular Islomdagi mo‘'tadillik tamoyili – vasatiylik ruhida yozilgan.

Uchinchidan, ularning kitoblarida islomiy tushunchalar obektiv tushuntirishlar, kitobxonlarning eng keng doirasiga mo‘ljallangan, unchalik murakkab bo‘lmagan tushunarli va sodda sharhlar bilan bayon qilinadi. Bu esa, ularning kitoblari qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar va nuqtai nazarlardan xoli ekanligidan dalolat beradi.

To‘rtinchidan, muallifning kitoblari ularning ahli sunna val jamoa mazhabiga muvofiq ruhda yozilganidir.  

Beshinchidan, Shayxning kitoblarida ta'rif qilinayotgan boshqa dinlarga Islomning munosabati musulmon dunyosining haqiqiy yuzini aks ettiradi – ushbu kitoblar diniy bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik ruhi bilan singdirilgan.

Tadbir chog‘ida ta'kidlandiki, bizning mintaqamizni  MDH mamlakatlarining ulkan hududi o‘rab turibdi, ulardagi deyarli barcha musulmonlar rus tilida so‘zlashishadi, ushbu tilni tushunishadi, erkin tarzda rus adabiyotini mutolaa qilishadi. Ushbu ulkan hududning musulmonlari yagona islom maktabining tarafdorlari hisoblanishadi.  

Taqdimotda nutq so‘zlaganlarning fikriga ko‘ra, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ushbu hudud musulmonlarining yetakchilaridan biri sifatida, musulmonlarda haqiqiy bilimlarni olish imkoni bo‘lishi uchun odamlarga Islomning asoslarini tushuntirib berish, ularga islom ta'limotning to‘g‘ri talqinini yetkazishni o‘zining burchi, deb hisoblagan.

– Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, bugungi kunda davlat miqyosida buyuk olim va arbob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning xotiralariga ehtirom bildirilmoqda, –  ta'kidladi Shayxning o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslariga ko‘ra Toshkentda, bu yerda, bizning yonimizda,  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataladigan, ma'rifat markazi bilan birgalikdagi masjid majmuasi jadal sur'atlarda bunyod etilmoqda.

Tantanali tadbirda mehmonlarning e'tiboriga rus tilidagi «Tafsiri Hilol» kitobining o‘n jildi va bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan «Baxtiyor oila» kitobining nashr etilgan nusxalari taqdim etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: