Peterburgda O‘zbekistondan kelgan ikki migrant halok bo‘ldi

Foto: Uralinformbyuro
Leningrad oblastida 14-qavatdagi qurilish maydonchasidan qulaganidan keyin o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Peterburgdagi «Severniy zavod»da ikkinchi fojia yuz berdi.
Peterburg va Leningrad oblastida ikki nafar ishchi balandlikdan qulaganidan so‘ng halok bo‘ldi, deya xabar qilgan «Operativnoye prikritiye».
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, «Severniy zavod»da kuni kecha 28 yoshli ishchi hayotdan ko‘z yumgan. 6 fevral kuni taxminan soat 16larda erkak Kolomyajskiy prospektidagi sexda pardozlash ishlarini olib borayotgan vaqtda 2-qavat balandligidan yiqilgan. Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi zavodda oddiy ishchi bo‘lib ishlagan.
Murinoda esa Voronsov bulvaridagi «Kraski leta» turar-joy majmuasida qurilayotgan uyning 14-qavatidan 20 yoshli migrant pastga tushib ketgan. Bu 6 fevral kuni ertalab soat 11:20larda sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi. O‘zbekiston fuqarosi shartnoma asosida qurilish maydonchasida pudratchi tashkilotdan oddiy ishchi sifatida ishlardi. U taxminan bir oy oldin, 10 yanvar kuni bu ishga joylashgan.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

18:14 / 28.02.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

00:46 / 27.02.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi

12:26 / 22.02.2025