«Idora, sinf va kutubxona, savdo do‘koni». Boysundagi g‘aroyib chinor tarixi

Light 12:51 / 01.02.2019 25520

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi azamat chinorlar o‘z bag‘rida sinoatlarni yashirib kelgan. Shulardan birining g‘aroyib tarixi haqida Mahalla gazetasi qiziqarli ma'lumotlar e'lon qildi.

Tabiat yodgorligi sifatida davlat qaramog‘iga olingan chinorning yoshi, olimlarning fikricha, 950 yilga yaqin. Uning balandligi 26, diametri naq 21 metrni tashkil etadi. Tanasining balandligi bo‘yicha o‘lchami 9,7 metrga teng. Mehrobli eshikni eslatuvchi kovagining kattaligi esa naq 7 metrga teng. 

Ana shu kovakda o‘tgan asr boshlari, ya'ni Oktabr to‘ntarishiga qadar eski maktab faoliyat yuritgan va ko‘plab sayrobliklarning savodxon bo‘lishiga «hissa» qo‘shgan. 

1920 yildan boshlab ko‘hna chinor qishloq kengashi idorasi sifatida xizmat qila boshlagan. 1932 –1934 yillarda birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi sifatida kitoblarga boshpana bo‘lgan. 1936 yildan boshlab esa qishloq savdo do‘koni sifatida odamlarning hojatini chiqargan.

O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu bahaybat daraxt kovagida bugungi kunda mo‘'jaz muzey tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: