Hyundai kompaniyasi Daewoo’ning kemasozlik biznesini sotib olishni mo‘ljallamoqda

Fan-texnika 20:04 / 01.02.2019 7975

Dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasi Hyundai Heavy Industries Group kompaniyasi ushbu tarmoqda 2-raqamli ishlab chiqaruvchi hisoblanuvchi Daewoo Shipbuilding & Marine Engineering Co. kompaniyasining davlatga tegishli aksiyalari paketini (55,7 foiz) sotib olish taklifini bildirdi. Ushbu bitim Daewoo’ning kemasozlik biznesining xususiylashtirilishi va jahon bozorining deyarli 20 foizlik ulushiga ega yetakchi kompaniya tashkil etilishini anglatadi. Bu haqda Nikkei ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreyaning Koreya taraqqiyot banki bo‘lg‘usi birlashuvchi kompaniyada 7 foiz ulushidan voz kechishga rozi bo‘lgan. Bitim qiymati joriy naxrlarga ko‘ra 2,1 trln vonni (2 mlrd dollar) tashkil qiladi. Biroq bank o‘z ulushini Samsung Heavy Industries’ga ham taklif qilishi mumkin.

Daewoo Shipbuilding aksiyalari narxi xabar tarqalgani ortida 2,5 foizga ko‘tarilgan, Hyundai Heavy’niki esa aksincha 4 foizga arzonlashgan.

“Birlashish tarmoq uchun foydali, biroq bitimni amalga oshiruvchi kompaniya uchun emas”, deb aytilgan Shinyoung Securities kompaniyasi tahlilchilari xabarida. 

Kemasozlikka Janubiy Koreya eksportining 7 foizi to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: