Onlayn tranzaksiyalar miqdori 2 trln so‘mgacha o‘sdi

Iqtisodiyot 11:41 / 25.01.2019 5549

Yagona umumrespublika protsessing markazining statistik ma'lumotlariga binoan, 2018 yilning 4-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 72,1 mln.ni tashkil etib, 2018 yilning o‘tgan 3-choragidagi 69,8 mln.lik holatiga nisbatan 3,3% lik o‘sishni qayd etdi.

4-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2,017 trln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 3-chorakida qayd etilgan 1,611 trln. so‘mga nisbatan 25,2%ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 4-chorakda qayd etilgan 1 038 336 ta plastik karta soni, joriy yilning 3-chorakida qayd etilgan 817 179 ta plastik kartalar soniga nisbatan 27%lik o‘sishni namoyon etdi.

Ko‘proq yangiliklar: