Sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekiston 12:57 / 21.01.2019 4971

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘iga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yil 25 iyuldagi 227-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Xususan, yo‘riqnomaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Sud tibbiy ekspertiza muassasasida bir holat yuzasidan faqat bir marotaba komission va qayta ekspertiza tekshiruvlari o‘tkaziladi. Bir holat bo‘yicha shu sud tibbiy ekspertiza muassasasida bir necha bor takroriy komission va qayta sud tibbiy ekspertizalar o‘tkazilishi mumkin emas. 

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazida to‘rtinchi instansiyadagi murakkab sud-tibbiy ekspertizalar o‘tkaziladi.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazida sud tibbiy ekspertiza tekshiruvi, kamida uning ikki hududiy filialida barcha sud tibbiy ekspertiza tekshiruvi bosqichlaridan o‘tkazilganidan so‘ng o‘tkaziladi. Istisno tariqasida kechiktirib bo‘lmaydigan o‘ta og‘ir jinoyatlarga shubha bo‘lganda ikkinchi yoki uchinchi instansiyadagi murakkab sud tibbiy ekspertizalar ham ushbu muassasa tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin”. 

Ko‘proq yangiliklar: