Osiyo Kubogi. Yaponiya Saudiya Arabistoni to‘sig‘idan o‘tib, chorakfinalga chiqdi

Sport 18:02 / 21.01.2019 10713

Osiyo Kubogida 1/8 final o‘yinlari davom etmoqda.

Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bellashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 20-daqiqada Tomiyasu burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Bu gol «ko‘k samuraylar»ga g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda saudiyaliklar qanchalik harakat qilishmasin, raqib darvozasini ishg‘ol etolmadilar.

Yaponiya terma jamoasi 24 yanvar kuni chorakfinalda Vetnam bilan bellashadi.

Osiyo Kubogi, 1/8 final
21 yanvar
Yaponiya – Saudiya Arabistoni 1:0
Gol: Tomiyasu (20)

Ko‘proq yangiliklar: