Angrendagi GM Uzbekistan yagona rasmiy dileri o‘z mijozlari o‘rtasida ikkinchi marta yirik sovrinli o‘yinni o‘tkazdi.
13 yanvar kuni Angren shahrida maishiy texnikalar yutuqli o‘yinining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi: g‘oliblarni uchtadan Artel markasidagi televizorlari, ikki kamerali sovutgichlar va zamonaviy kir yuvish mashinalari kutayotgan edi. Bu safargi yutuqli o‘yinda ishtirokchilar soni bir necha barobarga ortdi, lototrondagi ko‘plab kuponlar buning yaqqol isboti. Omadli g‘oliblar har doimgidek avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnoma raqami va xaridorning ismi-sharifi yozilgan kuponlar solingan baraban yordamida tasodifiy shaklda tanlab olindi. Natijada to‘qqiz nafar g‘oliblar xolisona aniqlandi - kuponlar esa mehmonlar ishtirokida barabandan olindi. Yutib olingan maishiy texnikalarni O‘zbekistonning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan kishilar o‘z uylariga olib ketishdi. Yutuqli o‘yinning qoidasiga ko‘ra, g‘oliblar bosh yutuq - Chevrolet Tracker avtomobilini yutib olish huquqini ham saqlab qolishdi.
O‘yin avtosalonning bosh ofisida bo‘lib o‘tdi va o‘yin jarayoni kompaniyaning Instagram sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi.
Eslatib o‘tamiz, aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi. Aksiya 2018 yilning 12 noyabrida boshlangan bo‘lib, 2019 yilning 12 fevraliga qadar davom etadi. Ikkinchi oylik yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun Angren shahridagi Lion Motors avtosaloni bilan avtomobil xarid qilish uchun shartnoma imzolash va shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ning 85% ini to‘lash lozim. Shuningdek, avtosalonda shartnoma raqami ko‘rsatilgan maxsus kuponni ham to‘ldirib, lototron ichiga tashlash zarur.
Aksiyada avtomobil xarid qilish uchun Angren shahridagi yagona Lion Motors avtosaloni bilan, shuningdek bevosita www.lionmotors.uz (http://www.lionmotors.uz) rasmiy sayti orqali shartnoma imzolagan xaridorlar ishtirok etadi. Rasmiy sayt orqali xarid amalga oshirilganda, aksiyada ishtirok etish uchun ariza shartnomadagi mablag‘ning 85% i mijoz tomonidan to‘langanidan so‘ng, avtosalon xodimi tomonidan to‘ldiriladi va avtomat ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Aksiyaga aloqador har qanday ma'lumotni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin: +998 97 429-57-57, +998 71 202-57-57, +998 71 203-57-57, +998 99 403-57-57, +998 99 408-57-57, +998 99 443-57-57, +998 99 798-57-57.
Shuningdek, LION MOTORS bilan avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni mijozlarni qo‘llab-quvvatlash Hududiy Markazlari orqali ham rasmiylashtirishingiz mumkin. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun bu kabi Markazlarimiz quyidagi hududlarda faoliyat yuritadi:
1. Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 72 uy.
Mo‘ljal: «Fayz» mehmonxonasi
Telefonlar: 99 503 5757 / 99 508 5757
2. Qoraqalpog‘iston, Nukus shahri, Amdambetov K. ko‘chasi
Mo‘ljal: «Saransha» restorani
Telefonlar: 99 803 57 57 / 99 953 57 57
3. Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Samarqand ko‘chasi, 84 uy
Mo‘ljal: "Samarqand darvoza"
Telefonlar: 93 966 57 57 / 94 543 57 57
4. Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 21B uy.
Mo‘ljal: Shahar hokimiyati
Telefonlar: 99 666 57 57 / 99 335 57 57
5. Andijon viloyati, Andijon shahri, Mirpo‘stin ko‘chasi, 20 uy.
Mo‘ljal: ShaharGAZ, Shahar Sudi
Telefonlar: 95 203 57 57 / 99 436 57 57
6. Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 78 uy.
Mo‘ljal: shahar IIB
Telefonlar: 95 410 57 57 / 99 771 57 57
7. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Tadbirkorlar ko‘chasi, 243.
Telefonlar: 99 919 57 57 / 95 485 57 57
8. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 2
Telefonlar: 90 181 57 57 / 99 705 57 57
9. To‘rtko‘l tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Semashko ko‘chasi, 2a. Mo‘ljal: Raimboy restorani.
Telefonlar: 99 458 5757 / 99 459 5757
LionMotors avtosalonining rasmiy Telegram-kanali orqali yangiliklarni kuzatib boring: @LionMotors.
Reklama huquqi asosida