«Lion Motors» o‘tkazgan aksiyadagi «Tracker» o‘z egasini topdi! Avtosalon yangi aksiya e'lon qildi!

Fan-texnika 17:55 / 22.02.2019 23694

«Lion Motors» avtosaloni o‘z mijozlari o‘rtasida maishiy texnikalar va oliy yutuq “Chevrolet Tracker” avtomobilini yutib olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan aksiyaning so‘nggi, uchinchi bosqichini ham yakunladi. Yutuqli o‘yinning yakunlovchi bosqichi 13 fevral kuni Angren shahridagi «Lion Motors» MChJ dilerlik markazida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Lion Motors

O‘yinning birinchi qismi maishiy texnikalarning g‘oliblarini saralab olishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda omadlilarni uchtadan “Artel” rusumidagi televizorlar, ikki kamerali sovutgichlar va zamonaviy kir yuvish mashinalari kutayotgan edi.

Tadbirning ikkinchi qismida lototron ishtirokchilar orasidan “Chevrolet Tracker” avtomobili sohibini tasodifiy tomoshabin yordamida aniqlab berdi. Yutuq egasi sifatida Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiluvchi Ahrorov Abdukarim g‘olib bo‘ldi. G‘olibga rasmiy mukofotlash tadbirida yutuqli avtomobilning kaliti topshirildi.

«Men nihoyatda baxtiyorman, quvonchimni so‘z bilan ifoda etish men uchun mushkul. Dastlab men omadga ishonmagandim, biroq avtosalon xodimlari meni kuponni to‘ldirish va lototronga tashlashga ko‘ndirishdi. Men Damas avtomobilini xarid qilgandim, ammo evaziga menga Tracker” ham nasib qilishini o‘ylab ham ko‘rmagandim. Bag‘oyatda baxtiyorman», - deydi yutuq sohibi.

Foto: Lion Motors

Uch oy davomida “Lion Motors” avtosalonidan avtomobil xarid qilgan va shartnomaga muvofiq to‘lovning 85 foizini amalga oshirgan har bir xaridor aksiyada ishtirok eta olishi mumkin edi. Buning uchun shartnoma imzolangandan so‘ng maxsus kuponni to‘ldirib, barabanga tashlash lozim edi. Har oyda o‘tkazilgan aksiyada g‘olib bo‘lgan xaridorlar oliy yutuq – “Chevrolet Tracker” avtomobilini yutib olish huquqini ham saqlab qolgan edilar.

Shuningdek, “Lion Motors” avtosaloni avtomobil xarid qilishdagi avvalgi shartlarga muvofiq yangi, ulkan aksiya haqida ham e'lon qildi. Endi 2019 yilning yakuniga qadar xaridorlarda to‘rtta «Spark» avtomobillarini, maishiy texnikalar va super-yutuq bo‘lgan «Malibu» avtomobilini yutib olish imkoniyati mavjud. Yutuqli o‘yin 2019 yilning 1 aprelidan boshlanib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar davom etadi. Har ikki oyda tasodifiy ravishda lototrondan g‘oliblar ismi-sharifi qayd etilgan kuponlar tanlab olinadi. G‘olibni tanlab olish jarayoni @lionmotors'ning Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi. Aksiyaga 14 fevraldan start berildi va bu aksiya xoh yengil avtomobil, xoh yuk tashish avtomobili («KamAz» markasi)ni xarid qilishda ham amal qiladi. Birinchi yutuqli o‘yin 2019 yilning 1 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzish va aksiya ishtirokchisiga aylanishni  bevosita www.lionmotors.uz - rasmiy sayti orqali ham amalga oshirishingiz mumkin. Rasmiy sayt orqali xarid amalga oshirilganda, aksiyada ishtirok etish uchun ariza shartnomadagi mablag‘ning 85%i  mijoz tomonidan to‘langanidan so‘ng, avtosalon xodimi tomonidan to‘ldiriladi va mijoz avtomat ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Avtosalon manzili: Angren shahar, Ohangaron ko‘chasi, 27a uy. Aksiyaga aloqador har qanday ma'lumotni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin: +998 97 429-57-57, +998 71 202-57-57, +998 71 203-57-57, +998 99 403-57-57, +998 99 408-57-57, +998 99 443-57-57, +998 99 798-57-57.

Foto: Lion Motors

Shuningdek, «LION MOTORS» avtosaloni bilan avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni mijozlarni qo‘llab-quvvatlash Hududiy Markazlari orqali ham rasmiylashtirishingiz mumkin. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun bu kabi Markazlarimiz quyidagi hududlarda faoliyat yuritadi:

1. Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 72 uy.

Mo‘ljal: «Fayz» mehmonxonasi

Telefonlar:99 503 5757 / 99 508 5757

2. Qoraqalpog‘iston, Nukus shahri, Abdambetov K. ko‘chasi

Mo‘ljal: «Saransha» restorani

Telefonlar: 99 803 57 57/99 953 57 57

3. Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Samarqand ko‘chasi, 84 uy

Mo‘ljal: "Samarqand darvoza"

Telefonlar:93 966 57 57/94 543 57 57

4. Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 21B uy.

Mo‘ljal: Shahar hokimiyati

Telefonlar: 99 666 57 57/99 335 57 57

5. Andijon viloyati, Andijon shahri, Mirpo‘stin ko‘chasi, 20 uy.

Mo‘ljal: ShaharGAZ, Shahar Sudi

Telefonlar: 95 203 57 57/99 436 57 57

6. Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 78 uy.

Mo‘ljal: shahar IIB

Telefonlar: 95 410 57 57/99 771 57 57

7. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Tadbirkorlar ko‘chasi, 243.

Telefonlar: 99 919 57 57 / 95 485 57 57

8. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 2

Telefonlar: 90 181 57 57 / 99 705 57 57

9. To‘rtko‘l tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Semashko ko‘chasi, 2a.

Mo‘ljal: Raimboy restorani.

Telefonlar: 99 458 5757 / 99 459 5757

10. Guliston, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, Namuna mahallasi, 1 uy.

Mo‘ljal: «Navro‘z» restorani

Telefon: +97 568 57 57

Lion Motors avtosalonining rasmiy Telegram-kanali orqali yangiliklarni kuzatib boring: @LionMotors

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: