Jyeki Chan va Van Damm ishtirokidagi filmlar rejissyori vafot etdi

Foto: Reuters
Honkongda kinorejissyor Ringo Lem 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
Ertalab uni uyg‘ota olmagan turmush o‘rtog‘i xonadonga shifokorlarni chaqirgan. Nashr manbasining xabar berishicha, rejissyor keyingi kunlarda o‘zini noxush sezgan va shifokor retseptisiz dori qabul qilgan.
Ringo Lem 1980-90-yillarda eng yaxshi jangari filmlar rejissyoriga aylangan. U 1987 yilda Honkong mafiyasi haqidagi mashhur «Olov ichidagi shahar» filmini suratga olgan.
Ringo Lem filmlarida o‘sha davr yulduzlari Jyeki Chan va Jan-Klod Van Damm rollar ijro etgan.
Mavzuga oid

17:17 / 22.01.2025
Olimlar eng mitti biotibbiy robotni yaratdi: u nimalarga qodir?

19:03 / 19.11.2024
Hongkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi

19:28 / 16.08.2024
Hongkongda keksa gigant panda ilk bor ona bo‘ldi, u egizaklarni dunyoga keltirdi

09:03 / 15.07.2020