Xitoy AQShning Honkong bo‘yicha qonuniga javoban sanksiya kiritadi

Jahon 09:03 / 15.07.2020 5463

Xitoy xalq respublikasi AQShda qabul qilingan “Honkong muxtoriyati to‘g‘risida”gi qonunga keskin munosabatini bildirmoqda. Rasmiy Pekin Amerikaning ayrim fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda, deyiladi XXR TIV xabarida.

“AQSh qonun loyihasi Honkong milliy xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni qasddan qoralaydi, Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritish tahdidiga ega, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy me'yorlarini jiddiy ravishda buzadi. Honkong ishlari va Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashish hisoblanadi. Xitoy hukumati buni keskin qoralaydi va qat'iy ravishda qarshi chiqadi”, - deyiladi vazirlik bayonotida. 

Ta'kidlanishicha, “Xitoy o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zaruriy javob choralarini ko‘radi va bunga aloqador bo‘lgan Amerika fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi”. 

“Agar AQSh o‘z qarorini ma'qullab tursa, Xitoy albatta qat'iy javob beradi”, - deya qayd etadi vazirlik. 

Ko‘proq yangiliklar: