Emeri: «PSJ»da Salohning salohiyatiga shubha bilan qaragan edik»

Foto: Getty Images
«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri «Liverpul»ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan raqib hujumchisi Muhammad Saloh borasida bir faktni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-2018 yillarda «PSJ»ni boshqargan davrida misrlik hujumchi transferi masalasi kun tartibida bo‘lgan.
«Biz Salohni «PSJ»ga olib kelish masalasini muhokama qilgandik. O‘sha paytda u «Roma» o‘yinchisi edi.
Bizda unga nisbatan biroz ishonchsizlik bor edi. Keyin u «Liverpul» bilan shartnoma tuzdi va shu jamoada barcha shubha-gumonlarga barham berdi. Hozir jahonning eng yaxshi besh futbolchisini sanasak, Saloh – ulardan biri.

Salohga nega ishonchsizlik bilan qaragan edik? Chunki u «PSJ»dek katta klubda o‘ynab keta olarmikan, deb o‘ylaganmiz» – deya aytib o‘tgan Emerining so‘zlarini keltirdi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Muhammad Saloh 2017 yilning yozida «qizillar» safiga o‘tgan, uning rimliklardan transferi qiymati 42-50 mln yevro atrofida bo‘lgandi.
«Liverpul»–«Arsenal» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.
Mavzuga oid

09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish

08:52 / 19.10.2023
Saloh: «G‘azoga zudlik bilan gumanitar yordam yetkazish kerak. Barchani begunoh insonlar qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman»

18:09 / 24.08.2023
Ronaldu «Siti» yulduzini kutmoqda, Benzema esa - Salohni. So‘nggi transfer xabarlari

14:57 / 10.11.2022