Mirziyoyev, To‘qayev va Muhammad Saloh: «Jahonning eng obro‘li 500 musulmonlari» ro‘yxatiga yana kimlar kirdi?
Iordaniya poytaxti Ammon shahridagi islomiy tadqiqotlar qirollik markazi «Jahonning eng obro‘li 500 musulmonlari» reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston prezidenti ilk marta bu ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Foto: Kun.uz
Avvallari bu ro‘yxatga kiritilmagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 139-o‘rinda qayd etilgan.
So‘nggi 7 yilda reytingdan muqim o‘rin olib kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bu safar ro‘yxatdan o‘rin olmagan. So‘nggi marta unga 133-o‘rin berilgan edi. Tojikistondan ro‘yxatga mamlakatning bosh muftiysi Sayidmukarram Abdulqodirzoda kiritilgan va 146-o‘rinda qayd etilgan.
Ro‘yxatdan shuningdek Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham joy olgan va 183-o‘ringa qo‘yilgan. Qozog‘istonlik mashhur qo‘shiqchi Dimash Xudoybergan 138-o‘rinda.
Afg‘onistondagi toliblar hukumati rahbari Haybatulloh Oxunzoda ham ro‘yxatga kiritilib, 49-o‘ringa joylashtirilgan.
Reytingda birinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud qayd etilgan. U har yilgi hajni tashkil qilish va butun dunyodan millionlab ziyoratchilar uchun qayg‘urishga mas’ul.
Ikkinchi o‘rindan Eronning oliy rahnamosi Ali Xominaiy, uchinchi o‘rindan esa Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniy joy olgan.
To‘rtinchi o‘rin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga berilgan.
Misrlik taniqli futbolchi Muhammad Saloh 39-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:50
-
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 09:32
-
2024 yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:10
-
Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi

20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

12:58 / 31.03.2025